
EChL. "Chelsi"dan safarda, "Sevilya" esa o‘z maydonida g‘alaba qozondi
Chempionlar ligasi 5-turi doirasida "Zaltsburg" - "Chelsi" hamda "Sevilya" - "Kopengagen" o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga etdi.
Avstriyada kechgan uchrashuvda londonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Aristokratlar"ning gollariga Mateo Kovachich va Kay Xavertts mualliflik qilgan bo‘lsa, maydon egalarining yagona goli Junior Adamu nomiga yozildi.
Mazkur g‘alabadan keyin "Chelsi" 10 ochko bilan muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilgan bo‘lsa, "Zaltsburg" 6 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
Ispaniyada bo‘lib o‘tgan bellashuvda "Sevilya" raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Andalusiyaliklarning gollariga En-Nesiri, Isko va Gonsalo Montiel kabi futbolchilar mualliflik qildi. Mazkur g‘alabadan keyin "Sevilya" hisobidagi ochkolar 3 taga etdi va turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. "Kopengagen" esa 2 ochko bilan 2 ochko so‘nggi pog‘onada qoldi.
Fikrlar