
EChL finali Madridda bo‘lib o‘tadi
2027 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi final uchrashuvi o‘tkaziladigan stadion nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Cope" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, nufuzli klublar щrtasidagi musobaqaning hal qiluvchi o‘yini "Atletiko"ning uy stadioni "Riyad Eyr Metropolitano"da bo‘lib o‘tadi. Finalga Bokudagi stadion ham da’vogarlik qilgan, biroq yakuniy qaror Ispaniya poytaxtidagi stadion foydasiga qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi final uchrashuvi Budapesht (Vengriya)dagi "Ferents Pushkash" stadionida o‘tkaziladi. Turnirning amaldagi g‘olibi Frantsiyaning PSJ jamoasi hisoblanadi. Jamoa finalda "Inter"ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar