
EChL finali qaerda o‘tkaziladi?
Chempionlar ligasining yarim final bosqichidagi dastlabki o‘yinlar o‘z nihoyasiga etdi. Madriddagi ajoyib bahsi 1:1 hisobi bilan tugagan bo‘lsa, "Milan derbisi"da mehmonlar g‘alaba qozondi.
Keyingi haftada javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Undan keyin final. Ushbu mavsumgi turnirdagi final Istanbulda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo tashkilot o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkin.
"Daily Mail" nashri ma’lum qilishicha, "UEFA" final o‘yinini Lissabonga ko‘chirish haqida o‘ylamoqda. Sababi, ular yaqinda Turkiyada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovidan keyin mamlakatda tartibsizliklar yuzaga kelishidan xavotir olyapti.
Eslatib o‘tamiz, final 10-o‘yin kuni 75 ming insonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan "Otaturk Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Fikrlar