
EChL: Haftaning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar aniq bo‘ldi
Kecha oqshom Evropa Chempionlar ligasi 4 turiga yakun yasab beruvchi baxslar bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy veb-sahifasi esa haftaning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun nomzodlarni e’lon qildi.
Ushbu ro‘yhatga Madridning "Real" klubi forvardi Rodrigo, "Borussiya Dortmund"ning goleador himoyachisi Ashraf Hakimi, PSJ darvozaboni Keylor Navas va "Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xin Minlar kiritildi.
Rodrigo Madridliklar safida uchta gol kiritishdi uddaladi, Hakimi esa "Inter" darvozabonini ikki marotaba dog‘da qoldirdi. Navas "Bryugge"ga qarshi o‘yinda 92 foiz aniq pas va 4 ta seyv namoyish etdi. "Tottenxem" hujumkor yarim himoyachisi Min esa ikki gol va bir asist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar