EChL o‘yini Italiyada koronavirusning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi
Ispaniyaning Cadena Ser radiostantsiyasi 19 fevral sanasida Milandagi "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final bosqichidagi "Atalanta" - "Valensiya" (4:1) uchrashuvi Italiyaning Lombardiya viloyatida koronavirus infektsiyasi tarqalishining asosiy katalizatori bo‘lib xizmat qilganligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha bellashuvga 45 mingga yaqin muxlis tashrif buyurgan edi.
Bugungi kunda Italiyada mazkur infektsiya bilan kasallanganlar soni 60 mingdan ziyodni tashkil etmoqda, vafot etganlar soni esa 5,5 mingdan oshib ketdi. E’tiborlisi, COVID-19 bilan og‘riganlarning yarmini Lombardiya viloyati aholisi tashkil etmoqda.

Fikrlar