EChL. pley-offga qaysi klublar chiqdi va qur’a qachon tashlanadi?
Evropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan barcha jamolarning nomi ma’lum bo‘ldi.
Birinchi savatchadan, o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan klublar joy oldi: "Barselona", "Bavariya", "Yuventus", RB "Leyptsig", "Liverpul", "Manchester Siti", PSJ va "Valensiya".
Ikkinchi savatchadan esa, o‘z guruhlarida ikkinchi pog‘onani band etgan jamoalar o‘rin egalladi: "Borussiya" Dortmund, "Chelsi", "Lion", "Napoli", "Real", "Atletiko", "Tottenxem" va "Atalanta".
Qur’a tashlash marosimi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 1/8 final bosqichida bitta Assotsiyatsiya vakillari va bir guruhdan chiqqan jamoalar bir-birlariga to‘g‘anoq bo‘lishmaydi.
Ma’lumot uchun, guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlagan jamoalar 1/8 final bosqichining javob uchrashuvlarini o‘z uylarida o‘tkazishadi.

Fikrlar