EChL. Qiyin holatda qolib ketgan MYu, yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan "Lans" va ikkinchi o‘rindagi "Kopengagen" (guruhlardagi vaziyat)

  • 9 noyabr, 2023, 09:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Tunda "A", "B", "C", "D" guruhlaridan o‘rin olgan jamoalar maydonga tushdi. Avvalroq, 4 ta guruhdagi vaziyat bilan tanishgandik. Bugungi bahslardan keyin qolgan 4 ta guruhdagi vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. 

Tecno

"A" guruhi

Chempionlar ligasining ikkinchi raqamli "o‘lim guruhi"da "Bavariya" yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Myunxenliklar 4-turda "Galatasaroy"ni 2:1 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlabki taymda hisob ochilmagach, muxlislar turkiyaliklarning nimadir qilishiga ishongandi, lekin 80-daqiqada standart vaziyatdan foydalangan Keyn, biroz o‘tib, Sanening pasini qabul qilib oldi va dublni rasmiylashtirdi. Ushbu gollarga zaxiradan maydonga tushgan Bakambu javob qaytara oldi. "Manchester Yunayted" esa Daniyada bir o‘yin davomida ikki marta kambek qurboni bo‘ldi. Uchrashuvning 42-daqiqasigacha barchasi "qizil iblislar" uchun yaxshi ketayotgandi. Xoylund ikkita gol urgan, bahs jamoaning ustunligida o‘tayotgandi. Ammo Reshford qizil kartochka olib, maydonni tark etganidan keyin birinchi taymning o‘zida mezbonlar hisobni tenglashtirdi. 69-daqiqada Bruno penaltini aniq amalga oshirganida, yana MYu irodali tarzda g‘alaba qozonishi kutilgandi. Biroq, jamoa yana ikki marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Shu tariqa, "Manchester Yunayted" 4, "Galatasaroy" 3, "Kopengagen" 2 va "Bavariya" 1-o‘rinda turibdi. Ma’lumot uchun, nemislar muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilib bo‘ldi. MYuning esa ahvoli og‘ir, Klubning keyingi bahslari "Galatasaroy" va "Bavariya"ga qarshi bo‘ladi. Ten Xag shogirdlari birinchi davrada ikkalasiga ham mag‘lub bo‘lgan. 

photo_2023-11-09_08-43-26

"B" guruhi

Ushbu guruhda hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. 4-turda "Arsenal" "Sevilya"ni ishonchli tarzda taslim qildi. Ispaniyadan kelgan futbolchilar hech qanday qarshilik ko‘rsata olgani yo‘q. Klub o‘yin davomida faqatgina bir marta zarba bera oldi (u ham noaniq). 29-daqiqada Jorjinoning super pasidan keyin Saka Trossardga to‘pni uzatdi va belliyalik hisobni ochdi. 64-daqiqada esa Sakaning o‘zi oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Narigi o‘yinda esa PSV "Lans"ni De Yongning yagona goli evaziga taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. Aytgancha, Husanov hali Chempionlar ligasida o‘z debyutini amalga oshirgani yo‘q. 4-turdan keyin "kanonirlar" guruh peshqadami bo‘lib turibdi. PSV va "Lans"da ochkolar soni bir xil. "Sevilya" esa 2 ochko to‘plagan holos. Bu ketishda klub o‘zining sevimli ligasiga ham chiqa olmaydi. 

photo_2023-11-09_08-43-28

"C" guruhi

"Real" bu mavsum ozgina qiyinchilikka duch kelishi kutilgandi, lekin "qaymoqranglilar" 4 ta turdan beri faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. "Braga"ga qarshi uchrashuvda Dias hisobni ochgan bo‘lsa, Vinisius va Rodrigo yiriklashtirdi. Bu o‘yinda ham ko‘pchilik Gyulerning debyutini kutgandi. Ammo Karlo shoshmayapti. Neapoldagi o‘yinda tomonlar durangga imzo chekib, 1 ochkodan bo‘lishib oldi. 39-daqiqada Politano jamoasini oldinga olib chiqdi. 52-daqiqada esa Fofana imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi va "Union Berlin"ning 12 mag‘lubiyatli seriyasiga nuqta qo‘ydi. Guruhdan esa "Real" chiqib bo‘ldi, "Napoli" keyingi turda bu ishni uddalashi mumkin, faqatgina Madridda g‘alaba qozonishi kerak. "Braga" va kurashga qaytgan "Union Berlin" Evropa ligasi uchun kurashadi. 

photo_2023-11-09_08-43-31

"D" guruhi

Bu guruhda deyarli barchasi aniq bo‘lgan. Ushbu turda "Real Sosedad" qiyinchiliksiz "Benfika"ni taslim qildi. Merino, Oyarsabal va Barrenechealar 20 daqiqa ichida hisobni yiriklashtirib tashladi. 49-daqiqadaga kelib Silva javob qaytardi. Mazkur g‘alabadan keyin ispaniyaliklar pley-offga muddatidan oldin chiqishga muvaffaq bo‘ldi. "Inter" esa "Zaltsburg"ni mag‘lub qildi. ChLda minimalizmlikni yoqtiradigan milanliklar Martinesning 85-daqiqada urgan goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Intsagi shogirdlari ham 1/18 finalda. "Benfika" esa bu mavsumgi ishtiroki bilan biroz hayron qoldirdi. O‘tgan yili katta klublarga muammo bo‘lib, PSJ va "Yuventus" o‘rin olgan guruhda peshqadam bo‘lgan jamoa, bu safar ochko ololgani yo‘q. Klubda endi Evropa ligasiga yo‘l olish imkoni bor. 

photo_2023-11-09_08-43-33

4 turdan keyin 6 ta jamoa pley-offga chiqa oldi. Xursandchilikni keyingi turlarga olib qo‘yganlar soni 10 ta. Quyida esa barcha guruhlardagi vaziyat bilan tanishishingiz mumkin.

photo_2023-11-09_09-05-50

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!