EChL. Ramushning benefisiga aylanib ketgan o‘yinda "Benfika" yirik hisobda g‘alaba qozondi.

  • 08.03.2023 02:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

EChLning 1/8 bosqichidan o‘rin olgan "Benfika" - "Bryugge" to‘qnashuvining javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar raqibni umuman ayab o‘tirgani yo‘q va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Gansalu Ramush dubl qilib, Neresning goliga asisst amalga oshirdi. Rafa Silva va David Neres ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibidan Meyer javob golini urdi. 

Shu tariqa, Portugaliya klubi chorak finalga yo‘l oldi. Birinchi o‘yinda ham "Benfika" g‘alaba qozongandi va tabloda umumiy 7:1 hisobi qayd etildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!