
EChL. "Real" "Chelsi"ni qiyinchiliksiz mag‘lub qildi
EChL chorak finalidan o‘rin olgan "Real" - "Chelsi" bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yin madridliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Benzema 21-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Asensio 74-daqiqada oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Chiluell 59-daqiqada qizil kartochka olib, jamoasini qiyin vaziyatga solib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Real" javob o‘yini oldidan ustunlikka ega bo‘lib oldi.
Fikrlar