EChL. Yaxshiboevning debyutida "Sherif" sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hamyurtimiz to‘p tepayotgan "Sherif" klubi Evropa Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshladi. Moldova klubi ushbu bahsda "Shaxtyor"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 16-daqiqasida Adama Traore hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida Yansane bosh bilan jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Mazkur bahsda hamyurtimiz 66 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga samarali harakat yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar