Eddi Xau Aleksandr Isakning kelajagi haqida gapirdi

  • 26 iyul, 15:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa hujumchisi Aleksandr Isakning kelajagi haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, hozircha shvedtsiyalik futbolchi bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.

Tecno

"Parda ortida turli voqealar sodir bo‘lmoqda. Nima yuz bermasin, bu klub manfaati uchun bo‘lishi kerak. Albatta, men Isak qolishini umid qilaman" — deb Xauning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltiradi.

Alexander Isak of Newcastle United with Eddie Howe the head coach / manager of Newcastle United during the Premier League match between Newcastle...

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVlarda Aleksandr Isakka "Liverpul" va "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Saudiya klubi unga haftasiga 600 ming funtlik "sof" maosh taklif qilmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli forvardning "Nyukasl" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!