Eddi Xirn mesikalik bokschi Endi Ruisni ....ga o‘xshatdi

  • 29.10.2019 14:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

 

Britaniyalik bokschi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Endi Ruisning revansh jangi oldidan vazn yo‘qotishiga shubha qilmoqda.

"Men Ruis vazn yo‘qotgan deb o‘ylamayman. U huddi bochkaga o‘xshaydi. Menimcha, hozir avvalgi safardan ham og‘irroq chiqadi”-deya, Xirnning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Talk Sport.

2 iyun kuni Ruis britaniyalik Joshuani ettinchi raundda nokautga uchratib, WBA, WBO, IBF va IBO  chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz: Joshua va Ruiz o‘rtasidagi revansh esa, 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!