Eddi Hirn: "Parda ortida katta o'yin ketmoqda"

  • 24.08.2026 22:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli bokschi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Hirn Joshua va Tayson Fyuri oʻrtasidagi jang tashkilotchilarini moliyaviy manipulyatsiya va shartnoma shartlarini buzishda aybladi.

Hirnning soʻzlariga koʻra, bahs oʻtkaziladigan joy oʻzgargani bahonasida tashkilotchilar Joshuaga avval kelishilganidan kamroq gonorar toʻlashni hamda unga qoʻshimcha majburiyatlar yuklashni rejalashtirmoqda.

"Ular toʻqnashuv oʻtkaziladigan joy oʻzgargani sabab Joshuaga kamroq pul toʻlamoqchi. Bundan tashqari, undan yana bir qator qoʻshimcha majburiyatlarni bajarishni talab qilishyapti. Avval ham Entoni bilan tuzilgan shartnoma bir necha bor buzilgan, ammo biz ular hamkorlarimiz boʻlgani uchun bunga koʻz yumganmiz. Biroq endi sabr kosamiz toʻldi. Ayni damda parda ortida katta oʻyin ketyapti", — dedi Hirn.

Hozircha ushbu masala yuzasidan tashkilotchilar rasmiy munosabat bildirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!