Eddi Hirn: "UFC Tom Aspinnallni sharmanda qildi"
"Matchroom Boxing" bosh direktori Eddi Hirn UFC rahbariyatini tanqid qildi.
“Bu sportda sadoqat yo‘q. Aspinallga qarang. Rahbariyat uning ko‘zlarini tom ma’noda o‘yib olib, sharmanda qildi, shuningdek, Tomni yolg‘onchi va qo‘rqoq deb atashdi. Ular o‘z yulduzlariga shunday munosabatda bo‘lishmoqda”, – dedi Hirn.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 321" turnirida Siril Gann Aspinallning ko‘ziga barmoqlarini tiqib olgan va bahs bekor qilingan edi.
Fikrlar