Edegor "Real"ga qaytmoqchi emas
Mavsumni “Real Sosedad” safida o‘tkazayotgan “Real” yarim himoyachisi Martin Edegor “qirollik klubi”ga qaytish niyati yo‘qligini aytdi.
“Men “Real” bilan doimiy aloqadaman. Ba’zan ular menga qanday rejalari borligi haqida aytishadi. Ular meni mavsumni yaxshi boshlaganim bilan tabriklashdi va maqtashdi. Shuningdek, mening o‘yinim o‘sayotganidan xursand ekanliklarini bildirishdi.
Men o‘zim imzolagan ijara shartnomasini hurmat qilaman. Qolaversa, “Real Sosedad”da baxtliman va shartnomam bo‘yicha 2 yilni shu erda o‘tkazmoqchiman”, - deydi norvegiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Edegor joriy mavsum “Real Sosedad” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar