Asosiy mazmunga oʻtish

Eden Azar: "Mourin'yu — muloqot ustasi"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Sobiq futbolchi eng yaxshi murabbiyni ham aytdi

Eden Azar faoliyati davomida turli klublarda ishlagan murabbiylari haqida fikr bildirdi.

— Faoliyatingiz davomida Sarridan tortib Anchelottigacha bir nechta italyalik murabbiylar bilan ishlagansiz.

— Bu rost va men ular bilan ko‘plab sovrinlar yutib olganman. Sarri bilan munosabatlarimiz o‘ziga xos edi: o‘ylaymanki, uning futbolga bo‘lgan qarashlari menikiga juda o‘xshaydi. Ammo ba’zida unga mashg‘ulotlar juda zerikarli ekanini aytganman. Bu tanqid emas, chunki natijalar uning haq ekanini isbotladi. Huddi Konte misolida ham shunday: Antonio ajoyib murabbiy, lekin u bizdan bir xil mashqlarni cheksiz takrorlashni talab qilardi.

— Siz ishlagan murabbiylar orasida eng yaxshisi kim?

— U italyalik emas, ammo siz uni yaxshi tanisiz: Mourinyo. U muloqot ustasi. Uning qanday fikr yuritishi va g‘oyalarini futbolchilarga qanday yetkazishi hayratlanarli, — dedi "Chelsi" va "Real" sobiq futbolchisi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q