Egor Krimets: Ertaga O‘zbekiston va BAAning etakchi jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi

  • 19 sentabr, 2020, 17:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 5-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli"ga qarshi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida "Paxtakor" sardori Egor Krimets ishtirok etdi.

"Ertaga qiyin va qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. deb o‘ylayman. Biz Chempionlar Ligasida aynan shunday darajadagi o‘yinlarda maydonga tushish uchun ham shu erdamiz. O‘zbekiston va BAAning etakchi klublari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ladi. Biz keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ertaga buni uddalash imkoniyati bor.

"Shabab Al-Ahli" bilan birinchi o‘yinda havo futbolga mos bo‘lmaganda, albatta. Lekin biz uchun ham maydonning sifatli bo‘lishi juda muhim. Biz ko‘p to‘p uzatishlar bilan, chiroyli va hujumkor futbol o‘ynay olamiz. Chiroyli gollar urishga qodirmiz.

Raqib uzun paslar bilan tez hujumlarga o‘tishini bilamiz. Bizda ertangi o‘yinga reja bor, ammo uni sizga ayta olmayman. "Shabab Al-Ahli"ning bir necha o‘yinlarini o‘rgandik. Ertaga maydonda barchasini ko‘rasiz, degan umiddaman", - dedi Krimets.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!