Ekaterina Aleksandrova kurashsiz chorak finalga yo‘l oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik tennischi Ekaterina Aleksandrova Angliyada o‘tayotgan "Nature Valley International" musobaqasining uchinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Ekaterina Istburn shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning mazkur bosqichida latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda hisob 6:3, 2:1 bo‘lib turgan bir vaziyatda Elena o‘yinni to‘xtatdi.

Shu tariqa Aleksandrova navbatdagi bosqichda chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!