Ekspert hakamlar guruhi "Nasaf"ning goli nega hisobga olinmagani tushuntirdi
"Neftchi" — "Nasaf" uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan Ekspert hakamlar guruhi rasmiy xulosa berdi.
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan mazkur bahsning 5-daqiqasida "Nasaf" futbolchisi to'pni bosh bilan jamoadoshiga uzatgan. Epizod davomida to'pni qabul qilib, darvozani ishg'ol etgan futbolchi ofsayd holatida bo‘lgan.
Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, ushbu vaziyatda bosh hakam tomonidan qayd etilgan ofsayd qarori to‘g‘ri deb topilgan. Shu sababli golning bekor qilinishi adolatli qaror sifatida baholangan.
Bu haqida O‘zFHM matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar