
"El-Klasiko" oldidan "Barselona" jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Artur La Liganing 10-tur qoldirilgan bahsida "Real"ga qarshi o‘ynay olmaydi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi jarohatidan sog‘ayib ulgurmagan. Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda u yana 2 hafta davolanishi kerak.
Ma’lumot uchun, Artur joriy mavsum “Barselona” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Fikrlar
grizman
vidal