“El-klasiko”da keyin Vinisius va Alonsoning munosabati jiddiy yomonlashdi

  • 28.10.2025 12:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi “el-klasiko”da madridliklar hujumchisi Vinisius Juniorning qilig‘i jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoga og‘ir botgani ma’lum bo‘ldi.

Gap shundaki, Alonso braziliyalik futbolchini 72-daqiqada zaxiraga oladi. Bu Vinisiusga yoqmadi. Hujumchi maydondan chiqishda bosh murabbiyga e’tiroz bildirdi, noroziligini ko‘rsatish uchun unga qo‘l bermadi, zaxira o‘rindig‘iga bormasdan ichkariga kirib ketdi.

AS va ESPN kabi nufuzli manbalarning xabariga ko‘ra, bu voqeadan keyin bosh murabbiy va hujumchi o‘rtasidagi munosabat yanada taranglashdi.

Endi Vinisius Junior bu vaziyatni jamoadoshlari bilan muhokama qilib olmoqchi. Keyin uni Xabi Alonso bilan yakkama-yakka suhbat kutib turibdi.

Yana bir necha manbalar 24 yoshli braziliyalik futbolchi zaxiraga olingan paytda Xabi Alonsoga jamoadan ketishini uqtirgani haqida yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!