"El klasiko"da Vinisius Juniyor Ronalduning rekordini takrorlashishi yoki yangilashi mumkin
"Real Madrid" vingeri Vinisius Zhunior finallardagi sermahsullik boʻyicha klub afsonalariga yetib olishi mumkin.
Bugun tunda Ispaniya Superkubogi finalida Kataloniyaning "Barselona" va Madriddning "Real" klublari bahs olib boradi. Agar ushbu uchrashuvda "qirollik klubi" vingeri Vinisius Zhunior gol ursa, jamoa afsonalari Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema hamda Ferents Pushkashga finallarda gol urish boʻyicha yetib oladi. Ayni vaqtda ushbu 3 futbolchida final uchrashuvlarida kiritilgan 16tadan gol bor. Braziliyalik futbolchi esa yakuniy bahslarda oʻz nomina 15ta gol yozdirib qo‘yishga ulgurgan.
Eslatib oʻtamiz, Vini "Real" klubi va Braziliya terma jamoasi safida soʻnggi 19ta uchrashuvda gol uro olmagan.
Fikrlar