EL. "Liverpul" va "Roma"dan irodalari g‘alaba. "Bayer" yirik hisobda zafar quchdi

  • 22 sentabr, 2023, 02:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

"Lask" - "Liverpul" o‘yinida dastlab hisobni mezbonlar ochdi. 14-daqiqada Flekker gol urdi. Ikkinchi taymda Klopp shogirdlari 3 marta javob qaytardi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, klub guruhda 1-o‘ringa chiqib oldi. 

"Sent "Jilluas" - "Tuluza" uchrashuvida kuchlar teng keldi. Dalingga bo‘lim so‘nggida frantsuzlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Amura imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

"Panatinakios" - "Vilyarreal" bahsida kutilmagan natija qayd etildi. Mezbonlar Ioannidis va Sporarning gollari evaziga g‘alaba qozonib, guruhda 2-o‘ringa chiqib oldi. 

"Renn" "Makkabi"ni 3:0 hisobida taslim qildi. Blas, Truffert va Yildirimlar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Frantsiya klubi guruhda peshqadamga aylanib oldi. 

"Sherrif" - "Roma" bahsining birinchi taymida rimliklar hisobni ochdi. 57-daqiqada Tovar Svilar darvozasini ishg‘ol qildi. 65-daqiqada esa Lukaku g‘alaba golini urdi. Shu tariqa, Mourino shogirdlari 2-o‘ringa chiqib oldi. 

Shu guruhdan o‘rin olgan "Servett" - "Slaviya Praga" uchrashuvi mehmonlar Masopust va Ogbularning gollari evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va guruhda 1-o‘ringa chiqib oldi. 

"Bayer Leverkuzen" "Xekken" ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Virts, Adli, Bonifase va Xofmann mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Nemislar guruhda 1-pog‘onaga joylashdi. 

"Qorobog‘" "Molde"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona golni Andrade 56-daqiqada urgan goli jamoasiga 3 ochko taqdim etdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!