
EL. "Sevilya" o‘z uyida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Evropa ligasining 1/18 bosqichida "Sevilya" PSVni o‘z maydonida qabul qildi. O‘yin mezbonlarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastla, En-Neseri 47-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Okampos oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Gudel ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, javob o‘yini oldidan "Sevilya" katta ustinlikka ega bo‘lib oldi. Ikkinchi match 23-fevral kuni PSV maydonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar