Eldor Shomurodov haqida nima deyishyapti?

  • 12 iyul, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida muvaffaqiyatli to‘p surayotgan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov haqida mutaxassislar, futbolchilar, murabbiylar, agentlar tomonidan ko‘plab iliq fikrlar  bildirilmoqda.

Tecno

Sports.uz portali joriy mavsumda Eldor Shomurodov haqidagi eng qiziq va e’tiborga molik fikrlarni e’tiboringizga havola qiladi.

German Tkachenko, ProSports Management kompaniyasi rahbari, Fyodor Smolovning agenti

“Selta” bizga Shomurodovni so‘rab, murojaat qilgandi. “Buni iloji yo‘q!”, deb o‘rniga Smolovni tavsiya qildik. O‘xshab qoldi.

large_19

Denis Simanenkov, soccer365.ru bloggeri

“Rostov”ning o‘zbek hujumchisi 6 oktyabr kuni TsSKA qarshi yuqori saviyada o‘yin namoyish etib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. O‘shandan keyin Eldor terma jamoada ham ko‘p gol urdi.

Rinat Bilyaletdinov, taniqli murabbiy

Shomurodov - zo‘r o‘yinchi. Lekin bu “Rostov”ning Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga jiddiy da’vogarlik qilishiga kamlik qiladi. Shunga qaramay, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, istalgan vaqtda omad kulib qolishi ham bor.

01A04b15675769335874_b

Livesport.ru portali

Dzyubaning eng xavfli raqobatchisi – Eldor Shomurodov. Lekin u “Rostov”ni tark etishi mumkin. Shartnomasi 2024 yilgacha tuzilganiga qaramay, futbolchining agenti German Tkachenko yozda Eldorning Evropaga ketishini aytmoqda. Lekin mavsum oxirigacha Eldor to‘purarga aylanib, yangi jamoasi bilan tuziladigan shaxsiy shartnomasini yanada yaxshilash uchun imkoniyatlarini kengaytirib olishi ham mumkin.

Tomislav Duymovich, xorvatiyalik futbol agenti

Eldor Shomurodov “Rostov”ga juda katta foyda keltiryapti. Aslida jamoa hujumiga unga yordam beradigan futbolchi olish kerak. Lekin Shomurodovning yakka o‘zi hammasining uddasidan chiqmoqda. Men uchun “Rostov” Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, Shomurodovning Evropa top-klublariga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishi juda qiziq bo‘lardi.

Aleksandr Veryaskin, “Sochi” tahlilchisi

Eldor Shomurodov vaziyatlardan foydalanishda kuchli.

Artyom Dzyuba, “Zenit” to‘purari

Kurash tugagani yo‘q. Eldor Shomurodov – juda yaxshi hujumchi, menga yoqadi. Bizning poygamizga Sardor Azmun ham qo‘shilishi mumkin. Kurashamiz.

68676d3ce6252e7a45c1d1c2e8d838905da96d21ce4ee087402247

Gleb Chernyavskiy, sports.ru bloggeri

Shomurodov – Rossiya premer-ligasi super yulduzi. Hammaga gol uryapti va palovni paqqos tushirmoqda.

rue5d2520e283

Eldorni Joze Mourino ham biladi. Ularni German Tkachenko tanishtirgan.

50585238_161044148217439_1864842928523348946_n

German Tkachenko, ProSports Management kompaniyasi rahbari, Shomurodovning agenti

Shomurodov masalasida, tan olishim kerakki, ko‘plab nemis klublari bilan aloqadamiz.  

Biz rostovliklarni xafa qilish fikridan yiroqmiz. Lekin yozda ketmoqchimiz. Biz Rossiya premer-ligasidan kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqmaymiz. Maqsadimiz G‘arb chempionatlariga o‘tish. Hozir ham aniq takliflar bor.  

Shomurodov evropalik futbol agentlari kuzatuvida!

Mourino Shomurodovning to‘purarlar bahsida g‘olib chiqishiga yordam beradi

Ana xolos! Shomurodovni eng zo‘r hujumchilar qatoriga qo‘shishmadi

Shomurodovga qiziqish bildirgan “Shalke” “Barselona”dan futbolchi so‘rayapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshodbek Yuldashev
17/06/2020 14:31
Тқаченконинг жавоби йоқди менга! РПЛдан келаётган таклифларни кўриб чиқмаймиз биз европага кетамиз. Зўр офарин, ўзини жиғилдонини ўйледиган агент бўлганда рпл да судраб юрарди.
Расулжон Тоштемиров
18/06/2020 10:58
Шомуродов Шомуродов Шомуродов жонга тегди узи нимани койилати
23/06/2020 14:46
Хавас қилинг, хасад эмас. Хар холда юртдошиз.
Расулжон Тоштемиров
15/07/2020 19:57
Мен хавас киламан лекин тушинг юлдузлик касалига чалинди деб уйлайман умуман уйини чикамаябди ахир феврал уртасида гол урган хучумчи гол Уриш керакми
Rustam Raxmatullaev
17/06/2020 14:33
Sarlovxani juda oshirib yuboribdi. Ex attang shuncha...