
Eldor Shomurodov jamoasi bu tur qachon va kim bilan o‘ynaydi? Qolgan legionerlarimizchi?
Bugundan Rossiya chempionati 17-tur o‘yinlari boshlanadi. 22 noyabr sanasiga bitta uchrashuv belgilangan. Kun doirasidan "Tambov" - "Lokomotiv" bahsi o‘rin olgan.
Ertaga esa Eldor Shomurodov jamoasi mehmonda "Dinamo" bilan kuch sinashadi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgangan Vitaliy Denisov jamoasi "Rubin"ni bu tur jiddiy sinov kutmoqda. Chunki "Rubin" o‘z uyida "Zenit" bilan kuch sinashadi. Yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepayotgan "Orenburg" o‘z maydonida "Axmat"ga qarshi bahs yuritadi.
Quyida tur o‘yinlari va ularning boshlanish vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:
22 noyabr
21:30. TAMBOV - LOKOMOTIV
23 noyabr
13:30. ORENBURG - AXMAT
16:00. RUBIN - ZENIT
18:30. DINAMO - ROSTOV
24 noyabr
13:30. UFA - SOChI
16:00. URAL - SPARTAK
18:30. ARSENAL - KRASNODAR
21:00. TsSKA - KRILЬYa SOVETOV
Ma’lumot o‘rnida, o‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Fikrlar