Eldor Shomurodov jamoasi bugun ham seriyani davom ettira oladimi?

  • 13.02.2021 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Davide Ballardini "Jenoa"ga kelgunga qadar jamoa autsayderlar qatorida edi. Hozir esa genuyaliklar o‘rtamiyona klubga aylandi. Har holda Eldor Shomurodov jamoasi ayni payt 21 o‘yinda 24 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Bu yuqorilash bejizga emas. "Jenoa" oxirgi paytda ajoyib natijalarni qayd etmoqda.

Eldor Shomurodov jamoasi 9 yanvardan beri mag‘lubiyatsiz odimlayapti. "Jenoa" A Seriyaning oxirgi 5 uchrashuvida faqatgina "Atalanta" bilan durang o‘ynadi xolos. Qolgan bellashuvlarda zafar quchdi.

Ballardini shogirdlari bugun "Torino" bilan bellashadi. Ko‘ramiz, bu gal ham ushbu an’ana davom etarmikin. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Karimov Sardor
13/02/2021 16:07
Eldorga omad tilayman! Sovuqqonlik bilan aldamchi zarba yo'llasa menimcha yaxshi bo'ladi.