Eldor Shomurodov Kongoga qarshi bahsdan avval nimalar dedi?
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston terma jamoamiz Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kongoga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu bellashuvdan avval matbuot anjumani tashkil etildi va unda terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ishtirok etib, bo‘ladigan o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Asosiy maqsadimiz bizni qo‘llab turgan xalqimizni xursand qilish. Birinchi golimizni urdik, endi vazifamiz birinchi g‘alabaga erishish.
Himoyani ham unutmasligimiz kerak, gol urishga intilib orqani unutamiz, degani emas. Birinchi navbatda g‘alabaga erishish muhim. Asosiy maqsad tartibli o‘yin namoyish etib, g‘alabaga erishish.
Muxlislarimiz kuch berib turdi, nafaqat stadiondagi balki O‘zbekistondagi ishqibozlarimizning ham qo‘llab-quvvatlab turishlarini his qildik. Ularga albatta minnatdorchilik bildiramiz va ularni keyingi o‘yinda xursand qilishga harakat qilamiz.", - dedi "Istanbul Boshakshehir" hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, bo‘ladigan uchrashuv tonggi soat 04:30'da start oladi.

Fikrlar