Eldor Shomurodov to‘purarlar poygasida ortda qoldi

  • 16.02.2026 06:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

Turkiya Superligasining joriy mavsumida "Oltin butsa" uchun kurash tobora qizgʻin tus olmoqda. Qator kuchli hujumchilar bilan raqobat olib borayotgan Eldor Shomurodov uzoq vaqt davomida toʻpurarlar poygasida peshqadam boʻlib kelayotgan edi.

Biroq 22-tur yakunlariga koʻra, yetakchi oʻzgardi. Ushbu turda Eldor Shomurodov "Beshiktosh"darvozasini ishgʻol qila olmaganidan soʻng, peshqadamlikni Pol Onuachuga boy berdi. Ayni paytda Onuachu hisobida 16 ta gol mavjud boʻlsa, Eldor 15 ta gol bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Maʼlumot uchun, keyingi oʻrinlarda Anderson Taliska va Mauro Ikardi joylashgan. Ular 13 tadan gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
17/02/2026 17:10
Омадини берсин. Бирор кучсиз жамоа билан уйинда Худо хохласа камида хейтрик килади.