Eldor Shomurodov uchun kurashda qaysi klub favorit ekanligi aytildi

  • 16 noyabr, 2019, 14:44
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Rossiyaning "Rostov" klubida moliyaviy muammolar bor. Shu tufayli jamoa qishda o‘zining 6 futbolchisini sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng Rossiyaning sovsport.ru sayti "Rostov" qaysi futbolchilarni sotishi va ular qaysi jamoalarga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z qarashlarini bayon qildi. Ular orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor. 

Tecno

- Hozirgi kunda Eldor Shomurodov "Rostov" tarkibidagi eng bozori chaqqon futbolchilardan biri. Klubdagi muammo uning raqiblari uchun ayni muammo bo‘lishi mumkin. Shomurodov Evropada to‘p tepish istagini bildirgandi. Eldor yana bir hujumchiga ehtiyoj sezayotgan «Zenit»ga, to‘purar hujumchini orzu qilayotgan «Lokomotiv»ga ham, oldingi chizig‘ida muammosi bor «Spartak»ka ham mos tushardi. chunki ushbu jamoalar top hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.

Agar hamyurtimizga Evropadan aniq takliflar bo‘lmasa, Shomurodov uchun kurashda "Zenit" asosiy favorit bo‘lmoqda. Chunki "Zenit" vakillari Rossiyadagi boshqa klublardan farqli ravishda Eldor uchun ko‘proq summa taklif qilishlari mumkin. Evropadan esa ayni paytda Shomurodov uchun hech qaysi klub 3 million evrodan ko‘prog‘ini taklif qila olmaydi, - deya yozilgan saytda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Илхом Anvarov
16/11/2019 14:53
Элдор ука факат Россия клуби булса, только "Локомотив" уларни фанатлари кетган ва келган у́йинчиларни иллик кутиб олади. Бошка клублар "банан" ташлайди келган ва кетганларга!!!! Бу факт. Билганлар учун "банан" ту́грисида ездим.
&
Surxon turon
16/11/2019 19:08
Zenit yaxshi variant xozircha
&
Shoxrux MTJ
16/11/2019 17:47
Top xujumchimas Eldor Buni Saudiya bilan o'yinda birga bir chiqib urolmaganidan xam bilsa boladi
&
AzizXudoyberdiyev
18/11/2019 18:23
Hamma ham xato qiladi kerak bo'lsa ronaldo ham kutilmagan unaqa vaziyatda
Сурхон Барлос
23/11/2019 15:18
Топ хужумчимас, шунга етадиган хужумчиям йўқда Ўзбекистонда.....