
Eldor Shomurodov: "Va nihoyat uzoq kutilgan yillardan so‘ng biz uchun yana asosiy bosqich boshlanadi"
O‘zbekiston terma bosh murabbiyi Srechko Katanets hamda jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ertangi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Eldor Shomurodov:
Ertangi o‘yin haqida
— Va nihoyat uzoq kutilgan yillardan so‘ng biz uchun yana asosiy bosqich boshlanadi. Barchamiz o‘yinga tayyormiz. Maqsadimiz yo‘lida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Avvalgi tsikllar haqida
— Avvalgi tsikllar davomida yosh futbolchi sifatida qatnashganmiz va tajribali futbolchilar bilan birga harakat qilganmiz. Biroq bu gal endi mas’uliyat o‘zimizda, o‘rgangan tajribalarimizni ishga solishimiz kerak. Bizda tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt bo‘ldi. Xatolar ustida ishlab bordik. Barchamiz bir oila bo‘lib, birgalikda asosiy vazifani bajarishga ishonamiz.
— Ilk chaqiruvimdan to hozirgi kunga qadar har doim eng yuqori xohish bilan harakat qilganman. Barchamiz JChga chiqishni orzu qilamiz. Shu sababli har bir o‘yinda faqat bitta maqsad bilan harakat qilamiz. Bu yo‘lda barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Fikrlar