
Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, gol urgan o‘yinda "Jenoa" o‘ta muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Italiya A Seriyasining 33-turida "Jenoa" o‘z uyida "Spetsiya"ni qabul qildi. Ushbu o‘yinda genuyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Janluka Skamakka ikkinchi taym avvalida hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Eldor Shomurodov natijani ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
G‘alabaga erishgan "griffonlar" ochkolari sonini 36 taga etkazib, 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar