Eldor Shomurodovni Rossiya terma jamoasiga chaqirmoqchi bo‘lishdi

  • 22.10.2019 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov muxlislardan biri unga qo‘ng‘iroq qilib Eldor Shomurodovni terma jamoaga chaqirishni so‘ragani haqida aytdi.

“Menga qaysidir muxlis qo‘ng‘iroq qilib uzoq gapirdi va jarohat olgan Smolov o‘rniga terma jamoaga Shomurodovni chaqirishim kerakligini aytdi.

Men uning gaplarini eshitgach shunday dedim: "Siz haqsiz, u juda iqtidorli futbolchi, biroq men O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini chaqira olmayman”. U jim bo‘lib qoldi. Afsuski, bu holatda uning yuzi qanday ko‘rinishga kelganini ko‘ra olmadim”, - deydi Cherchesov.

Eslatib o‘tamiz, “Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ayni damda RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Eldor 2015 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
22/10/2019 17:30
Оббо қайирдан чиқараверади бунақа гапларди Елдор тилло сочсаям бунга рози бумайдию
Низомтой Эргашев
22/10/2019 18:53
Аллох узи ёр булсин Элдорга