Eldorga klub tanlashdi! Shomurodov shubhasiz bu jamoaga yordam bera olardi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Istanbul Boshakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov atrofida yana transfer xabarlari tobora ko‘payib bormoqda.
Ayniqsa, tajribali forvardning mundialdagi supergolidan keyin yana ko‘pchilik 31 yoshli Shomurodovga e’tibor qaratdi. Ekspertlar, mutaxassislar, insayderlar va ayrim manbalar Eldorning nomini turli klublar bilan bog‘lamoqda.
Taniqli rossiyalik futbolchi Vladimir Obuhov ham joriy mavsumda Rossiya Premier-ligasida chempionlik uchun kurashishga bel bog‘lagan Moskvani "Spartak" klubiga Eldor Shomurodov nomzodiga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
- "Spartak" uchun Eldor Shomurodovni olish juda to‘g‘ri qaror bo‘lar edi. U xorijda katta tajriba to‘plagan, o‘z ishining ustasi va yuqori saviyadagi futbolchi.
Eldor bizning chempionatni ham yaxshi biladi. Shubhasiz, u "Spartak"ga jiddiy yordam bera olardi, – deya ta’kidladi Obuhov "RB Sport" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2026 yilning yozida "Roma" klubidan "Boshakshehir" safiga to‘liq transfer qilindi. Bundan avval u shu turk jamoasida bir mavsum davomida ijaraga asosida to‘p surgan edi.
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 34 uchrashuvida o‘z hisobida 22 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etgan va chempionatning to‘purarlar bahsida g‘olib chiqqan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli hujumchining transfer qiymati 7 million evroni tashkil etadi.
Eldor Shomurodov O‘zbekistonda "Mash’al" va "Bunyodkor"dagi faoliyatidan keyin Rossiya Premier ligasiga yo‘l olib, 2017–2020 yillar oralig‘ida "Rostov" jamoasi sharafini ham himoya qilgan.
Undan keyin mahoratli forvard eng kuchli top-ligalar qatoriga kiruvchi Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tib, u yerda "Jenoa", "Spetsiya". "Kalyari" va "Roma" jamoalarida o‘ynadi.

Fikrlar