Elena Rybakina raqobatchilari orasidan kimlar «Roland Garros»-2026 da qoldi
Qozog‘istonlik tennischi Elena Rybakina WTA reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turganiga qaramay, «Rolan Garros»-2026 da o‘z ishtirokini allaqachon yakunladi. Uning eng yaqin raqibalari esa Parij kortlarida titul va qimmatli reyting ochkolari uchun kurashni davom ettirmoqda.
Turnirning ikkinchi bosqichida Rybakina kutilmaganda ukrainalik Yuliya Starodubtsevaga (jahonda 55-raqam) mag‘lub bo‘ldi — 3:6, 6:1, 6:7. Bu natijadan so‘ng qozog‘istonlik sportchi 170 ochkodan ayrildi, shunga qaramay, 8143 ball bilan dunyo reytingidagi ikkinchi pog‘onasini saqlab qoldi.
Rybakina uchun asosiy raqiblardan biri polyak tennischisi Iga Shventek hisoblanadi. Sobiq birinchi raqamli tennischi allaqachon 1/8 finalga yo‘l olgan va bu bosqichda ukrainalik Marta Kostyuk (jahon reytingida 15-raqam) bilan kuch sinashadi. Agar Shventek «Rolan Garros»da g‘olib chiqsa, uning hisobida 8493 ochko to‘planadi va u WTA reytingida Rybakinadan o‘tib ketadi.
Dunyo reytingining yetakchisi Arina Sobolenko ham musobaqani davom ettirmoqda. Belaruslik tennischi to‘rtinchi bosqichda yaponyalik Naomi Osaka (16-raqam)ga qarshi maydonga tushadi. Hatto turnirda omadi chopmasa ham, Sobolenko reytingdagi katta ustunligi tufayli birinchi o‘rinni saqlab qolishi kutilmoqda.
Turnirda qolgan tennischilar orasida ukrainalik Elina Svitolina ham bor. U WTA reytingida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. 1/8 finalda uning raqibi shveytsariyalik Belinda Benchich (11-raqam) bo‘ladi. Agar Svitolina musobaqada g‘olib chiqsa, 5885 ochko jamg‘arib, dunyoda beshinchi raqamli tennischiga aylanadi.
Rossiyalik Mirra Andreeva hozircha jahon reytingining sakkizinchi pog‘onasida. U chorak finalga chiqish uchun Shveytsariya vakili Jil Tayxmann (WTA reytingida 170-o‘rin)ga qarshi o‘ynaydi. Andreeva «Fransiya ochiq chempionati»da g‘alaba qozonsa, uning hisobida 5751 ochko bo‘ladi va u eng ko‘pi bilan oltinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Rybakina uchun yana bir ehtimoliy raqib — kanadalik Viktoriya Mboko. 19 yoshli tennischi hozirda dunyoda to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi va shu damda uchinchi bosqichda amerikalik Medison Kiz (19-raqam)ga qarshi bahs olib bormoqda. Agar Mboko titulni qo‘lga kiritса, 5540 ochko to‘plab, dunyo reytingida oltinchi o‘ringa chiqadi.
Shu bilan birga, Rybakinaning bir qator raqibalari «Rolan Garros»-2026 da kurashni allaqachon to‘xtatgan. Turnirni jahonning to‘rtinchi raqamli tennischisi Kori Gauff, beshinchi raqamli Jessika Pegula, oltinchi raqamli Amanda Anisimova va o‘ninchi raqamli Karolina Muhova tark etdi.
Shunday qilib, «Rolan Garros»-2026 yakunlari bo‘yicha WTA reytingida Elena Rybakinaning ikkinchi pog‘onasiga eng jiddiy xavfni aynan Iga Shventek yubormoqda. Polyak tennischisi qozog‘istonlik sportchini ortda qoldirish imkoniyatini hali ham saqlab qolgan.

Fikrlar