Elina Svitolinaning orzusi ushaldi
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina "Uimbldon" musobaqasining chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Ushbu davrada Elinaga chexiyalik Karolina Muxova qarshilik ko‘rsatdi. Svitolina ustunligidan o‘tgan uchrashuv 7:5, 6:4 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa E.Svitolina faoliyatida ilk marotaba "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarning yarim finaliga chiqdi va mazkur bosqichda ruminiyalik Simona Xalepga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Fikrlar