Elit Chempionlar ligasi. "Nasaf" - "Al-Hilol": Jamoalar qanday libosda harakat qilishi ma’lum

  • 28.09.2025 15:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ertaga Elit Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Hilol" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv oldidan ikki klubi rasmiylari o‘rtasidagi miting bo‘lib o‘tdi. 

Miting davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning libos ranglari ham kelishib olindi. Qarorga ko‘ra, mezbonlar to‘liq qizil libosda maydonga tushadi, saudiyaliklar esa to‘liq ko‘k rangli libosda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" - "Al-Hilol" uchrashuvi ertaga, soat 18:45da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!