Asosiy mazmunga oʻtish

Elliott Germaniyaga ketmaydi, APLning boshqa klubiga o‘tadi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

"Aston Villa" futbolchini ijaraga olmoqda

Xarvi Elliott "Liverpul"dan "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klublar yarim himoyachini 35 million funt sterling evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hozirda futbolchining tibbiy ko‘rikni o‘tkazish masalasi muhokama qilinmoqda.

Avvalroq, xavbekka Germaniyadan "RB Leyptsig" qiziqish bildargan edi.

O‘tgan mavsumda Elliott Angliya Premer-ligasida 18 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q