Elnur Abduraimov professional boksga qaytmoqda

  • 22 avgust, 2020, 10:16
  • 0
  • Boks

Professional boksning engil vazn toifasida (61kg) 5 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Elnur Abduraimov (5-0, 5KO) navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Elnur Abduraimov 27 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi va tayyorgarlikni boshlaydi. Hozircha jang sanasi va raqib ma’lum emas.

Abduraimov Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tgan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda ishtirok etib, yakunda -63 kgda turnir g‘olibi bo‘lish barobarida litsenziyani ham qo‘lga kiritgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!