Emeri A Seriya grandini boshqaradimi?

  • 09.04.2020 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Unai Emeri faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, “rossonerilar” joriy 2019/2020 yilgi mavsum yakunlangach, bosh murabbiy Stefano Piolini o‘z lavozimidan ozod etmoqchi va uning o‘rniga aynan ispaniyalik mutaxassis asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

“Milan”ning short-listida shuningdek, Luchano Spalletti va Ralf Rangnik kabi murabbiylar ham joy olgan. Agar, Rangnik “Milan”da sport direktori sifatida ish boshlasa, u holda Emeri bosh murabbiy kursisiga o‘tirishi mumkin.

Unai Emeri o‘tgan yilning noyabrida “Arsenal”dan iste’foga chiqarilgan edi. U hozir ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!