Эmeri: «Qanday o‘yin! Bu futbolning eng yuqori darajasi»
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unay Emeri Angliya chempionatining 8-turida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Shanba kuni birmingemliklar «shaharliklar»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
«Qanday o‘yin! Bu futbolning eng yuqori darajasi. Bugun biz uchun yaxshi sinov bo‘ldi. Bizga himoyada ishonchli o‘yin, darvozabonning yordami kerak edi. Himoyalanish uchun ko‘p narsadan voz kechishimizga to‘g‘ri keldi. Biz tobora yaxshilanib boryapmiz.
Bugun fantastik o‘yin bo‘ldi. Biz aynan shunday darajaga chiqishni va uni saqlab qolishni istaymiz. Juda xursandman, ammo oldinda hali ko‘p ish turibdi. Bugungidek kunlar jamoamiz qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatuvchi namunga aylanishini xohlaymiz», — dedi Emeri.
«Aston Villa» Angliya chempionatining sakkizta turidan keyin 11 ochko jamg‘argan va turnir jadvalidа 6-o‘rinni egalab turibdi.