Endi AQShda Messi nomi bilan atalgan ko‘cha bor!
Leo Messining Amerika jamiyatiga ta'siri o‘sishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda Qo‘shma Shtatlarning Union okrugidagi kichik shaharcha - Berkli Haytsdagi ko‘cha Jahon chempionati paytida uning sharafiga qayta nomlanishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqida “Mundio Deportivo” nashri xabar bermoqda.
13 000 dan ortiq aholi istiqomat qiladigan Nyu-Jersi shtati chekkasida "Leo Messi yo‘li" tashkil etilgani rasmiy e'lon qilindi. Xususan, Sherman avenyusining bir qismi endi argentinalik super yulduz nomi bilan ataladi.Nyu-Jersi shtatidagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi turnir oldidan butun mamlakat bo‘ylab Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirgan bir paytda, mahalliy aholi Argentina terma jamoasi sardoriga hurmat bajo keltirib, ko‘chaga uning nomini berishga qaror qilishdi.
Argentinaning "La Nación" gazetasining xabar berishicha, yangi ko‘cha belgisi argentinalik raqqosa Karolina Zokalski tomonidan asos solingan va mintaqadagi Argentina muxlislari va futbol muxlislari uchun asosiy yig‘ilish joyiga aylangan Patria Station Café muassasasi yoniga o‘rnatildi.
Mirzaev Salohiddin

Fikrlar