Endi butunlay boshqa “Tottenxem”ni ko‘rasizlar!

  • 01.08.2026 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” himoyachisi Mikki van de Ven yangi mavsumda jamoa mutlaqo boshqacha qiyofada bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Roberto De Dzerbi o‘tgan mavsum oxirida jamoa boshqaruvini qabul qilib olgan va faqat so‘nggi turdagina klubni Premer-ligada saqlab qolish vazifasini bajargan edi. Shundan keyin u tarkibni qayta qurishga kirishdi.

Bu yozda “Tottenxem” oltita yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Van de Venning fikricha, yangi mavsumda jamoa nafaqat tarkibi, balki o‘yin uslubi jihatidan ham tubdan o‘zgaradi.

- Men buni aniq bilaman. Bu o‘tgan mavsumgi murabbiyimiz davridagidan butunlay boshqacha “Tottenxem” bo‘ladi. Biz to‘pga ko‘proq egalik qilamiz, ko‘proq kombinatsion futbol o‘ynaymiz. Bu muxlislar uchun ham tomoshabop bo‘ladi.

O‘tgan mavsumning oxirgi ikki haftasidayoq u jamoaga qanchalik katta ishtiyoq olib kirganini ko‘rdingiz. Biz xarakter va ruhiyat jihatidan ancha o‘sdik. Bu bizga juda kerak edi.

U to‘p bilan ko‘proq o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Men ham shunday futboldan zavq olaman.

Umid qilamanki, yangi mavsum yaxshiroq o‘tadi. Buning uchun qattiq mehnat qilamiz. Chunki o‘tgan mavsumni qabul qilib bo‘lmaydi, - dedi van de Ven.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!