Endi hech qachon Afrikadan futbolchi olmaymiz!

  • 04.08.2022 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi prezidenti Aurelio De Laurentis bundan buyon jamoasi uchun Afrikadan futbolchi olmasligini ma’lum qildi.

- Afrikalik futbolchilar Afrika Millatlari kubogida o‘ynamasligi kerak yoki ularni ro‘yxatdan o‘chirishga to‘g‘ri keladi. Mana shu turnir tufayli men ularning birortasini jamoamga qo‘shmayman.

Biz ularga pul sarflaymz, maosh beramiz va klublar uchun mavsumning eng qizg‘in pallasida terma jamoalarga qo‘yib yuborishga majburmiz, - dedi De Laurentis La Gazzetta dello Sport gazetasiga bergan intervyusida.

Ma’lumki, Afrika Millatlari kubogi 2022 yilning yanvar-fevral oylarida tashkil etildi. Evropaning aksariyat klublari chempionatning qizg‘in pallasida o‘z etakchilarini ushbu turnirga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!