Endi jahon chempionlari uzuk taqadi

  • 17.07.2026 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionati g‘oliblari futbol tarixida birinchi bo‘lib o‘ziga xos mukofot – chempionlik uzuklarini qabul qilib olishadi. Bu haqida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA shafeligida o‘tayotgan musobaqalar tarixida birinchi marta chempionlik uzuklari topshiriladi. Bu an’ana AQSh sport ligalarida keng tarqalgan bo‘lib, Shimoliy Amerika mamlakatlari mezbonlik qilayotgan bu galgi jahon chempionatida ham ushbu g‘oya amalga oshirilmoqda.

Har bir uzuk cheklangan miqdorda – aniq 2026 dona nusxada ishlab chiqariladi va ular individual raqamlarga ega bo‘ladi. Bu esa musobaqa o‘tkazilayotgan 2026 yilga ishora hisoblanadi.

Ulardan 30 ta uzuk g‘olib jamoa futbolchilari va murabbiylariga topshiriladi, qolgan 1996 tasi esa FIFAning rasmiy litsenziyalangan mahsuloti sifatida butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqariladi.

Uzukning bir tomonida jahon chempionati kubogi tasviri joylashtiriladi, ikkinchi tomonida esa g‘olib jamoaning logotipi aks ettiriladi.

Har bir uzuk raqamlanadi, egasiga mos o‘lchamda tayyorlanadi va haqiqiyligini tasdiqlovchi sertifikat bilan ta’minlanadi.

Final tugagandan so‘ng g‘olib jamoaning kapitani va bosh murabbiyiga tantanali marosim uchun vaqtinchalik uzuklar topshiriladi. Keyinchalik barcha 30 ta chempionlik uzugi maxsus buyurtma asosida tayyorlanadi va rasmiy taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Mundial finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuni Nyu-Jersi shtatidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!