Endi ketasan! Endrik "Real"dan mashhur yulduzni siqib chiqardi

  • 17.10.2026 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» tarkibida Braim Diazning maydonga tushish imkoniyatlari tobora qisqarib bormoqda.

«Marca» nashri yozishicha, hozircha yarimhimoyachi o‘zining eng yaxshi sport formasidan ancha yiroq. Rimda o‘tgan o‘yindan so‘ng jamoa ierarxiyasida Marokash terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Diazdan ko‘ra Endrik yuqoriroq o‘ringa ko‘tarilgan. Braziliyalik yosh futbolchi zahiradan maydonga tushib, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, Braim Diaz sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirayotgani, bu esa uning imkoniyatlarini cheklayotgan qayd etilmoqda.

Shu bois, avvalroq qishki transfer oynasida «Real» Endrikni ijaraga berishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu stsenariy ko‘proq Diazga taalluqli bo‘lib qolmoqda.

27 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsumda La Ligada uchta o‘yinda ishtirok etdi. Uning batafsil statistikasi shu yerda ko‘rish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!