
Endi navbat “Navbahor”ga!
Bir necha mamlakatlar futbol klublari qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Turkiyada o‘tkazmoqda. Bu holat O‘zbekiston jamoalariga ham turli klublar bilan sinov-nazorat uchrashuvlarini tashkil etish imkonini beryapti.
Rossiya Premer-ligasi vakili “Axmat” Turkiyadagi yig‘in davomida Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bu bahs 21 yanvarga belgilangan.
“Axmat” futbolchilari bungacha Qozog‘istonning “Elimay” jamoasi bilan kuch sinashib, Svetoslav Kovachevning yagola goli evaziga g‘alaba qozondi.
Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tayotgan Namangan jamoasining o‘rtoqlik o‘yinlarida omadi chopmayapti.
“Navbahor” futbolchilari dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Qozog‘istonning “Qiziljar” jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Namanganliklarning yagona javob goliga Azimjon Ahmedov mualliflik qildi.
Ikkinchi nazorat bellashuvida “Navbahor” fuibolchilari Janubiy Afrika Respubligasining “Gelaksi” jamoasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Namanganliklar o‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasini uchinchi o‘rinda yakunlagan edi. "Navbahor" Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini ham davom ettirmoqda.
Fikrlar