Endi navbat Superligagami?
Bugun O‘zbekiston Respublikasi xududida rasman koronavirus (COVID 19) bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Frantsiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infektsiyasi aniqlandi.
Aytish kerakki, koronavirus chegara bilmayapti. Ushbu virus qayd etilgan mamlakatlarda har qanday ommaviy tadbirlar, shu jumladan futbol musobaqalari ham to‘xtatilmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Shu bois endi O‘zbekistonda ham futbol musobaqalari to‘xtatilishi mumkin. Biroq, bu haqdagi rasmiy ma’lumotni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda tegishli organlar e’lon qiladi. Biz esa vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar