Endi Ruis WBC kamari uchun da’vogarga aylandi
Bugun Los-Anjelesda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Oqshomning asosiy jangida amerikalik kichik Endi Ruis (34-2, 22 KO) kubalik Luis Ortis (33-2, 28 KO) bilan jang qildi.
Ruis hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi - 113:112, 114:111, 114:111.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Ruis britaniyalik Tayson Fyuriga tegishli WBC kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Fikrlar