Endi Ruisga himoya jangini Meksikada o‘tkazishni taklif etishdi
Meksikadagi sport tashkilotlari hamda tadbirkorlar birgalikda ushbu yurt tarixidagi birinchi superog‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Endi Ruisga IBF, WBO, WBA kamarlarini ximoya qilish borasidagi janglarini Meksikada tashkil etib berishga tayyor. – deya xabar berdi ESPN Deportes milliy boks komissiyasi a’zosi Migel Torruko.
Endi Ruis Meksika bo‘ylab sayohati mobaynida mamlakat prezidenti hamda "Azteca" telekanali xo‘jayini multimilliarder Karlos Slim bilan ham uchrashdi. Aslida, tashkilotchilar, tadbirkorlar tushunib turishibdiki, Joshua bilan revansh jangini o‘tkazish borasidagi bandlarga muvofiq bu amalga oshmasligi mumkin. Mabodo, jang Meksikada o‘tkazilishi borasida Joshuaning jamoasi rozilik bersa, Ruisning ximoya jangini tashkillashtirib berishdan xursand bo‘lishlarini t’kidlab o‘tishdi.

Fikrlar